Reklama va taşviqot

Oxirgi paytlarda xorijiy tillarni tez va innovatsion metodlar orqali örgatişni va'da qiluvçi loyihalar köpaygandan köpaydi. Televideniye, ijtimoiy tarmoqlar, köçadagi bilbordlar falon oyda ingliz, koreys, arab tillarini örgatiş böyiça takliflarga tölib ketdi.

Keling, loyihalarning sayt va veb-sahifalariga razm solib köramiz.

Avval, sönggi vaqtlarda reklamaga zör berayotgan Booknomy loyihasiga töxtalsak. Loyihaning saytida 2018 yildan buyon bu metod böyiça 50 mingdan ziyod foydalanuvçi til örgangani haqidagi fakt keltiriladi.

Bu raqam nihoyatda kattadek tuyuldi bizga va loyiha asosçisi, rahbari va qöllanma muallifi Odilbek Ikromov bilan suhbat qilişga qaror qildik.

Mualliflarning ta'kidlaşiça, kitob AJ Hoge va XX asrning 50-60-yillarida faoliyat körsatgan atoqli Pol Pimsler metodlari asosida yaratilgan. Xoug va Pimslerlarning metodlari ingliz tilini faqat eşitib örganişga asoslangan.

Suhbat çoğida O.Ikromovdan yuqoridagi 50 ming raqami qayerdan olingani haqida söradik. Uning aytişiça, sotilgan kitoblar adadiga tayanib şunday raqam hosil bölgan.

Şu örinda muallifning sözlari bizda şubha uyğotdi. Sababi Booknomy loyihasiga tegişli “Intensive English” darsligining 2020 yil 27 yanvarda bosmaga ruxsat berilgan naşri bir ming va 2020 yil 2 sentyabrdagisi  ham bir ming nusxada çop etilgan. Bir yilda ikki ming nusxada kitob çiqarib, 50 mingdan ziyod foydalanuvçi natijaga erişganligi har qanday odamda ham aytilayotgan raqamlarga nisbatan şubha uyğotsa ajab emas.

Endi “5 yulduzli darajaga ega dunyoning yetakçi 3D innovatsion metodikasi” deb bong urilayotgan TEDBOOK loyihasi haqida söz yuritsak. Loyiha saytida mazkur metod dunyoda birinçi raqamli ekani (!) aytilmoqda

Qaysi metodika bu? Odatda loyihalar biror metodika ustida işlagan va/yoki unga sayqal bergan guruh yoxud şaxslar nomi bilan ataladi. Tedbook taklif qilayotgan metodikaning nomi nima? U qayerda birinçi raqamli deb tan olingan? Afsuski, bu faktni tasdiqlovçi biror havola keltirilmagan.