O‘zbekiston | 10:00 / 16.03.2021
2421
3 daqiqa o‘qiladi

““O‘zbekinvest”” 2020 yil yakuniga ko‘ra majburiy avtosug‘urta bo‘yicha shartnomalar hajmini 2 barobarga oshirib, yetakchi o‘rinni egalladi

To‘lovlarni kafolatlash Jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yil yakuniga ko‘ra “O‘zbekinvest” kompaniyasi bozordagi o‘z ulushini 11,1 foizdan 18,3 foizga oshirdi va majburiy sug‘urtaning ushbu turi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egalladi.

Respublika bo‘yicha transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasi umumiy hajmi 111 foizga oshgan bo‘lib, Kompaniya tomonidan esa sug‘urta mukofotlari yig‘imi 2019 yilga nisbatan 1,8 marta oshishi ta'minlandi, bu esa o‘z navbatida kompaniya mijozlar bazasining ahamiyatli darajada kengayganligini bildiradi, shu bilan birga yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi 31,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Kompaniya 591,6 ming nafar avtomobil egalariga sug‘urta himoyasini taqdim etdi, bu esa 2019 yilning shu davrdagi ko‘rsatkichiga nisbatan 1,7 marta ko‘pdir. Shu bilan bir qatorda, kompaniya mutaxassislari tomonidan 1 455 ta yo‘l-transport hodisalari o‘rganib chiqilib hal qilindi va 9,2 mlrd so‘m hajmida zarar qoplanib berildi, bu 2019 yil ko‘rsatikichiga nisbatan 3 barobar ortiq.

Sug‘urta polislarini rasmiylashtirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2020 yil avgust oyida “O‘zbekinvest” kompaniyasi foydalanishga qulay va oson bo‘lgan mobil ilovani ishga tushirdi. Bu ilova yordamida sug‘urta xizmatlarining barcha turlari bo‘yicha polis rasmiylashtirish va bepul yetkazib berish xizmatidan foydalanish mumkin. 2020 yilda 12 000 dan ortiq mijozlar tomonidan onlayn-sotuv orqali sug‘urta polislarini rasmiylashtirildi.

Kompaniyada yo‘l-transport hodisalarida zarar ko‘rgan mijozlarga yordam berish uchun 24 soatlik “yordam xizmati” faoliyat yuritadi.

2020 yil davomida “O‘zbekinvest Assistans” xizmati 800 dan ortiq YTH yuz bergan joylarga yetib borib, mijozlarga texnik, yuridik va psixologik yordam ko‘rsatdi.

«O‘zbekinvest» EISK AJ Matbuot xizmati

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid