Jamiyat | 15:20 / 17.03.2021
1273
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada 430 mln so‘mlik noqonuniy mahsulotlar to‘xtatib qolindi

Viloyat bojxona boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va o‘z xavfsizlik bo‘limi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Tadbir davomida M.S. boshqaruvidagi “Sprinter” yuk mashinasi qo‘shni davlatdan O‘zbekiston Respublikasiga “Farg‘ona” chegara bojxona posti orqali kirgan paytda to‘xtatilgan. 

Unda xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona nazoratidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 430 mln so‘mlik 106 turdagi mahsulot borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq mashina g‘ildiraklari ichida noqonuniy tarzda olib o‘tilayotgan spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolingani haqida xabar berilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid