Jahon | 19:59 / 17.03.2021
4217
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda mart oxirida turkiy tilli davlatlarning norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi

Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston ushbu kengash a'zolari hisoblanadi. Vengriya kuzatuvchi maqomiga ega. 

31 mart kuni Qozog‘istonning Turkiston shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

"Qozog‘istonning birinchi prezidenti – elboshi Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan 31 mart kuni Turkiston shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi. Kengashga a'zo barcha davlatlarning rahbarlari va ushbu tashkilotda kuzatuvchi hisoblangan Vengriya bosh vaziri forumda qatnashishini tasdiqladi", - deyiladi xabarda.

Ma'lumot berilishicha, sammit yakunida Turkiston turk olamining ma'naviy poytaxti deb e'lon qilinishi ko‘zda tutilgan deklaratsiya imzolanadi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yil 3 oktyabrda tuzilgan. Hozirda Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston ushbu kengash a'zolari hisoblanadi. Vengriya kuzatuvchi maqomiga ega. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid