Samarqandda ötayotgan Turkiy davlatlar taşkilotining birinçi sammitida iştirok etiş uçun kelgan ayrim davlat rahbarlari Özbekistonga öz rafiqalari bilan taşrif buyurişgan. Ularga milliy san’atimiz va hunarmandçiligimizning namunalari namoyiş etildi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Jumladan, Turkiya prezidentining rafiqasi Emine Erdöğan, Ozarboyjon Respublikasi prezidenti rafiqasi, mamlakat vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva hamda Vengriya boş vazirining rafiqasi Aniko Levayni Özbekiston prezidentining rafiqasi, birinçi xonim Ziroatxon Mirziyoyeva kutib oldi.

Ularga milliy san’atimiz va hunarmandçiligimizning namunalari namoyiş etildi.

Mass-media fondi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari, Özbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlaş böyiça komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva öz Telegram-kanalida tadbirlar mehmonlarda katta taassurot qoldirayotgani va ularni hayratlantirayotganini yozdi:

«Keça biz Samarqand sammitining muhtaram mehmonlari — Emine Erdöğan, Mehribon Aliyeva va Aniko Levayni xursandçilik bilan kutib oldik. Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo davlatlarning birinçi xonimlari uçun maxsus «Özbekiston ranglari» körgazmasi taşkil etildi. Ekspozitsiya mehmonlarda katta taassurot qoldirdi va hayratlantirdi».

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva