Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transport vazirligi «Voljskiy – Toshkent» va Moskva – Toshkent yo‘nalishida maxsus poyezdlar qatnovini amalga oshiradi
Rossiyada qolib ketgan yurtdoshlarni olib kelish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, «Voljskiy – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanadigan 483/484 – sonli poyezd 19 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 20:50 da «Voljskiy» stansiyasidan yo‘lga tushadi. Shuningdek, 22 mart kuni Moskva – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 476-sonli maxsus poyezd soat 22:28 da (Moskva vaqti bilan) «Kazanskaya» temir yo‘l vokzalidan jo‘naydi.
«Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida elektron chiptalarni sotish yo‘lga qo‘yilgan.
Voljskiy hamda Moskvadagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining veb-sayti orqali, e-ticket.railway.uz’dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, internet orqali ayni daqiqada Moskva hamda Voljskiydagi hamyurtlarimizga jo‘natishlari ham mumkin.
Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish mumkin», – dedi vazirlik matbuot xizmati rahbari.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:21 / 05.05.2026
Toshkent uchun yangi aeroport qurilgach, hozirgi aeroport yopiladi
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
14:15 / 01.04.2026