13:01 / 18.03.2021
3595

Atom energiyasi sohasida ishlaydigan xodimlarni sinovdan o‘tkazish tartibi e'lon qilindi

Foto: APF

Vazirlar Mahkamasining “Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, bilimlarini sinovdan (attestatsiya) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, loyihani ishlab chiqishda Belarus, Koreya, Kanada, Rossiya va Yaponiyaning ushbu yo‘nalishdagi hujjatlari o‘rganib chiqildi.

Qaror loyihasi bilan:

  • xodimlar bilimini sinov (attestatsiya)dan o‘tkazishni maxsus vakolatli organda (Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi), uning hududiy boshqarmalarida, kon-texnika inspeksiyalarida tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalarida hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslardagi attestatsiya komissiyalarida birlamchi, davriy yoki navbatdan tashqari ko‘rinishlarda amalga oshirish tartibi;
  • maxsus vakolatli organda, uning hududiy boshqarmalarida, kon-texnika inspeksiyalarida hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarda tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tarkibi, sinov (attestatsiya)dan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlar ro‘yxati;
  • Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan Atom energiyasidan foydalanish sohasida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini bilimlarini sinov (attestatsiya)dan o‘tkazish va ular malakasini oshirish to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladigan ma'lumotlar bazasini markazlashtirilgan tartibda shakllantirish va yuritish;
  • atom energiyasidan foydalanish sohasida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlari to‘g‘risidagi axborotlarning zarur darajada hisobga olinishi va tizimlashtirilishi ta'minlanishini amalga oshirish;
  • atom energiyasidan foydalanish sohasida yadroviy qurilmalarning texnologik jarayonini olib boruvchi xodimlar bilimlari sinovi (attestatsiyasi)ni ikki bosqichda, ya'ni nazariy va amaliy shaklda o‘tkazish belgilanmoqda.

Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, bilimini sinov (attestatsiya)dan o‘tkazish tartibini belgilash atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish milliy dasturi amalga oshirilishida:

  • atom energiyasidan foydalanish obektlarida faoliyat olib boradigan xodimlar malakasini oshirishga;
  • atom energiyasidan foydalanish obektlaridan foydalanishga bilimi va malakasi yetarli darajada bo‘lmagan mutaxassislarni yo‘l qo‘ymaslikka;
  • atom energiyasidan foydalanish obektlaridan belgilangan maqsadga muvofiq xavfsiz foydalanish orqali yadro va radiatsiya xavfsizligini ta'minlashga;
  • ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlari ular kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish imkoniyatini baholashga;
  • ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlari bilimlarini sinov (attestatsiya)dan o‘tkazish va ular malakasini oshirish to‘g‘risidagi ma'lumotlar bazasini markazlashtirilgan tartibda shakllantirish va yuritishga zamin yaratadi.

 

Top