16:34 / 19.03.2021
27921

«Bavariya» – «PSJ», «Real» – «Liverpul»ga qarshi. YeChL chorakfinal bosqichiga qur'a tashlandi

Bugun, 19 mart juma kuni UYeFAning Nondagi qarorgohida Chempionlar ligasi 1/4 va 1/2 final bosqichlariga qur'a tashlandi.

Unga ko‘ra, so‘nggi mavsumda turnir finalida to‘qnashgan «Bavariya» va «PSJ» klublari bu mavsum chorakfinalda o‘zaro uchrashadigan bo‘lishdi.

Madridning «Real» klubi esa «Liverpul»ga qarshi saf torsa, «Portu» - «Chelsi», «Manchester Siti» «Borussiya» Dortmundga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.

Yarimfinalda esa «Bavariya» / «PSJ» juftligi - «Manchester Siti» / «Borussiya» Dortmund, «Real» / «Liverpul» juftligi g‘olibi esa «Portu» / «Chelsi» juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Chempionlar ligasi. 
1/4 final
. 6-7 aprel 
«Real» – «Liverpul»
«Bavariya» – «PSJ»
«Manchester Siti» – «Borussiya» Dortmund
«Portu» – «Chelsi»

Yarimfinal.
«Bavariya» / «PSJ» – «Manchester Siti» / «Borussiya» Dortmund
«Real» / «Liverpul» – «Portu» / «Chelsi»

Chorakfinalning dastlabki bahslari 6-7 aprel, javob uchrashuvlari esa 13-14 aprel kunlari o‘tkaziladi. Yarimfinal o‘yinlari esa 27-28 aprel va 4-5 may kunlariga belgilangan.

Ma'lumot uchun, final 29 may kuni Istanbuldagi «Otaturk» o‘yingohida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid
Top