O‘zbekiston | 11:03 / 19.03.2021
8183
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadan Samarqandga repatriatsiya qatnovlari amalga oshiriladi 

Moskvadan Samarqandga repatriatsiya qatnovlari amalga oshiriladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi joriy yilning 29 martidan 30 aprelga qadar haftada ikki marotaba, dushanba va juma kunlari Moskva shahridan Samarqand shahriga repatriatsiya qatnovlarini bajaradi.

Moskva (Vnukovo)dan Samarqandga uchish vaqti - soat 00:05, yetib kelish vaqti - soat 06:05.

Aviachiptalarni kompaniya saytida, "Uzbekistan airways sales" yoki aviakompaniya agentlarining ofislarida sotib olish mumkinligi aytilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid