O‘zbekiston | 09:13 / 19.03.2021
1670
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlari Senat majlisida hisobot beradi

“O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2732-sonli qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Prezident qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari to‘g‘risidagi nizomning 16-bandi o‘n to‘rtinchi yangi xatboshi bilan to‘ldiriladi.

Unga ko‘ra, xorijdagi muassasa rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati majlisida hisobot berishi mexanizmi joriy etilmoqda.

Loyihada ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 14 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-666-sonli qonuni 15-moddasiga muvofiq, ushbu qonundan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni sohaga oid tegishli qonun hujjatlariga kiritish va muvofiqlashtirish belgilangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid