Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa davlatlarida AstraZeneca vaksinasi bilan emlash davom ettiriladi
Yevropa ittifoqining bir qator davlatlari 19 mart kunidan o‘z aholisini AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni davom ettirishini e'lon qildi. Hozircha bunday qarorni Germaniya, Italiya, Latviya, Litva, Kipr, Ispaniya, Niderlandiya va Fransiya qabul qildi. Ushbu davlatlar Yevropaning dori vositalari agentligi (EMA) vaksinani samarali va xavfsiz deb e'lon qilgandan keyin shunday qarorga kelgan.
Avvalroq Yevropaning ko‘plab davlatlari vaksina emlanganlarda tromboz hosil qilishi mumkinligi sababli uni qo‘llashni to‘xtatib turishga qaror qilgandi.
Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yyens Shpan mamlakatda AstraZeneca vaksinasi bilan emlash kampaniyasi davom ettirilishini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, vaksinani to‘xtatib turishda yo‘qotilgan 4 kunning o‘rnini qoplashga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, Fransiya bosh vaziri Jan Kasteks ham vaksina bilan emlash davom ettirilishini e'lon qilgan.
18 mart kuni YeMA AstraZeneca vaksinasi bo‘yicha o‘tkazilgan tergov natijalariga ko‘ra koronavirusga qarshi vosita samarali va xavfsiz ekanini e'lon qilgandi.
Shu bilan birga, EMA AstraZeneca’ga vaksinani qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga emlanganlarda muammolar yuzaga kelsa, jumladan nafas olish qiyinlashishi, oyoq-qo‘llarda shish yoki sovqotish hissi, qorinda yoki ko‘krakda og‘riq paydo bo‘lsa yoki boshqa simptomlarda darhol shifokorlarga murojaat qilish haqidagi axborotni qo‘shishni tavsiya qilgan.
O‘z navbatida kompaniyada tromboz hosil bo‘lishi holatlarida uning vaksina bilan bog‘liqligi isbotlanmagani, biroq bunday holat yuz berishi mumkinligi va keyingi tahlillarni o‘tkazish maqsadga muvofiqligi ta'kidlab o‘tilgan.
Mavzuga oid
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026