O‘zbekiston | 16:54 / 20.03.2021
3643
4 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatidagi ayrim davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi

Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatidagi ayrim davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Farg‘ona viloyati aholisining madaniy hayoti mazmundorligini oshirish, ularga qulay sharoit yaratish, teatrlar faoliyatini zamon talablari asosida tashkil etish, ular moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, milliy qadriyat va an'analarni keng targ‘ib etishga qaratilgan madaniy-ma'rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish maqsad qilingan.

Madaniyat vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, “Yoshlar” MFY, Ahmad Al-Farg‘oniy ko‘chasi, 36-uy manzilida joylashgan Farg‘ona viloyati qurilish bosh boshqarmasi tasarrufidagi ikki qavatli bino va inshootlarni Farg‘ona viloyati musiqali drama teatriga operativ boshqaruv huquqi asosida berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Farg‘ona viloyati hokimligi Qurilish vazirligi va Madaniyat vazirligi bilan birgalikda nazarda tutilgan bino va inshootlarni belgilangan tartibda tasarrufdan tasarrufga o‘tkazish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshiradi.

Farg‘ona viloyati hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Farg‘ona viloyati qurilish bosh boshqarmasiga Farg‘ona shahridan bino ajratish choralarini ko‘radi.

Belgilab qo‘yilishicha:

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, “Yoshlar” MFY, Ahmad Al-Farg‘oniy ko‘chasi, 36-uy manzilida joylashgan Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri binosini rekonstruksiya qilish va jihozlash hamda Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri uchun qo‘shimcha bino qurish ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachi tashkilot hisoblanadi;

Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri binosini rekonstruksiya qilish va Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri uchun qo‘shimcha bino qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash, ta'mirlash va qurish ishlari belgilangan tartibda tanlov savdolari natijalari orqali aniqlangan pudratchi tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish jarayonida Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri yo‘nalishidan kelib chiqqan holda amalga oshirish hamda teatrda muzey, sahna oldida orkestr uchun maxsus joy (orkestrovaya yama), sahnasida aylanuvchi sahna doirasi, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun pandus, maxsus hojatxonalar va tomosha zalidan joy ajratilishi nazarda tutiladi.

Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, “Yoshlar” MFY, Ahmad Al-Farg‘oniy ko‘chasi, 36-uy manzilida joylashgan Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri binosida rekonstruksiya va jihozlash ishlari yakunlangunga qadar Farg‘ona shahar, Yuksalish ko‘chasi, 59-uy manzilida joylashgan binoda faoliyat yuritadi.

Madaniyat vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimligining “Islom Karimov nomidagi Farg‘ona viloyat teatr-konsert saroyi” nomini “Islom Karimov nomidagi Farg‘ona san'at saroyi” nomiga o‘zgartirish bo‘yicha takliflari ma'qullanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid