Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha sinov loyihalari amalga oshiriladi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatda keng qo‘llash, raqamli ma'lumotlardan foydalanish imkoniyati va ular yuqori sifatini ta'minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni ta'minlash yuzasidan ishlab chiqilgani aytiladi.
Farmon loyihasi bilan quyidagilar tasdiqlanadi:
- asosiy ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi 2021–2022 yillarda sun'iy intellekt texnologiyalarini o‘rganish va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
- ustuvor tarmoqlar va sohalarda, shu jumladan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarini jalb qilgan holda, Sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha 2021–2022 yillarda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalari ro‘yxati;
- Sun'iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma alyans;
- sun'iy intellekt sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun ochiq shaklda taqdim etiladigan ma'lumotlar ro‘yxati;
- 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab grant asosida “Sun'iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar ro‘yxati;
- iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun'iy intellekt texnologiyalarini amaliy qo‘llash bo‘yicha o‘quv kurslari va fanlarni joriy qilish ko‘zda tutilgan oliy ta'lim muassasalar ro‘yxati.
Mavzuga oid
20:15 / 09.07.2026
Meta sun’iy intellektga Instagramdagi suratdan egasini ogohlantirmasdan foydalanishga ruxsat berdi
20:38 / 08.07.2026
“Sun’iy intellekt qadriyatli insonni yenga olmaydi” – ekspert bilan suhbat
21:19 / 06.07.2026
Nokia sun’iy intellektga ega tugmali telefonlarni taqdim etdi
20:12 / 01.07.2026