Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Bo‘stonliq tumanlarida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Toshkent tumanidagi tadbir davomida, fuqaro P.R. noqonuniy daromad orttirish maqsadida xaridorga 3 850 quti “Meropenem Avantika” nomli dori vositasini dorixona va uning filiallaridan tashqarida 343,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.X. va X.G‘. o‘zaro oldindan til biriktirib, 100 000 dona “NPP Askorbin kislota” nomli dori vositalarini xaridorga 8 000 AQSh dollari va 40 mln so‘mga dorixona va ularning filiallaridan tashqarida sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Toshkent viloyatida juda ko‘p miqdordagi dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olingandi.
Mavzuga oid
20:03 / 05.07.2026
Retsept asosida sotiladigan qariyb 2500 nomdagi dori narxlari pasaytirildi
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026