Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi Istanbul konvensiyasidan chiqdi
Konvensiyani o‘n yil davomida 47 ishtirokchi-mamlakatdan 18tasigina ratifikatsiya qilgan.
Turkiya hukumati Yevropa Kengashining ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Istanbul konvensiyasidan chiqishini ma'lum qildi. Bu borada mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning tegishli farmoni e'lon qilindi.
"Turkiya tomonidan 2011 yil 11 mayda imzolangan Yevropa kengashining ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risidagi konvensiyasining Turkiya Respublikasiga nisbatan amal qilishi to‘xtatiladi", - deyiladi hujjatda.
Shu bilan birga, mamlakat vitse-prezidenti Fuat O‘qtoy Anqara respublikadagi ayollarning huquqlarini himoya qilishda davom etishini bildirdi.
Hozirda konvensiyani 47 mamlakatdan 18tasi ratifikatsiya qilgan. Konvensiyada zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha minimal standartlar bayon etilgan.
Mavzuga oid
14:45
Samarqand elektr tarmoqlari Turkiya kompaniyasiga operatsion boshqaruvga beriladi
17:36 / 01.12.2025
Qozog‘iston va Turkiya dengiz dronlari hujumi bo‘yicha Kiyevga norozilik bildirdi
11:08 / 01.12.2025
Kurdiston ishchi partiyasi Turkiya bilan yarashish uchun ikki shart qo‘ydi
08:30 / 29.11.2025