Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘anning shaxsiy shifokori parvoz vaqtida chaqaloqning hayotini saqlab qoldi
Turk deputati va shifokor Rajab Shakar parvoz vaqtida qozog‘istonlik chaqaloqning hayotini saqlab qoldi. Bolada yurak xuruji yuz bergan. E'tiborlisi, Shakar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning shaxsiy shifokori hisoblanadi.
Voqea Istanbul-Bishkek reysida sodir bo‘lgan. Bolada yurak xuruji yuz bergan va bortkuzatuvchilar Shakarga yordam so‘rab murojaat qilishgan.
“Styuardessa kelib, bolaga yordam berishimni so‘radi. Bolaning pulsi yo‘q edi, u ko‘karib ketib, yuragi to‘xtab qolgandi. Men unga yurak massaji qildim, sun'iy nafas berdim, shundan keyin u o‘ziga keldi”, deb aytgan shifokorning o‘zi.
Ma'lum qilinishicha, voqea sababli samolyot Anqaradagi Esenbog‘a aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Samolyot qo‘ngach bola shifoxonaga olib ketilgan. Shakarning ta'kidlashicha, chaqaloq qozog‘istonlik ayolning egizak farzandlaridan biri bo‘lgan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Shakar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning shaxsiy shifokori hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:11
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026