Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etiladi
Prezidentning “Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining kafolatlarini ta'minlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi negizida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi va uning hududiy bo‘limlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
- markaz o‘z faoliyatini anonimlik, axborot maxfiyligi, kasbiy mahorat va xavfsizlik prinsiplari asosida amalga oshiradi;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘z faoliyatini markaz bilan uning ishiga aralashmagan holda yaqin hamkorlikda olib boradi.
Quyidagilar markazning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan shaxslarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatish;
- og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta'minlashga ko‘maklashish;
- davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarning o‘z joniga qasd va suiqasd qilishi holatlarini o‘rganish, ularning oldini olishga qaratilgan, shu jumladan o‘z joniga suiqasd qilgan shaxslarni normal hayotga qaytarish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish;
- “Ayollar daftari”ga kiritilgan psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlarni (tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar) har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va daftarlardan chiqarish choralarini ko‘rish;
- nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishni va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni, ularning kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qilish, umumlashtirish va ularga barham berish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish.
- o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan yoki o‘z joniga qasd qilgan xotin-qizlarni va bolalar bilan birlamchi va izchil profilaktika tadbirlarini o‘tkazish;
- og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirishga ko‘maklashish;
- dolzarb ijtimoiy muammolarni aniqlash maqsadida jamoatchilik fikrini o‘rganish va ijtimoiy tadqiqotlarni tashkil etish;
- zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar huquqlari kafolatlarini ta'minlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, ushbu maqsadlarda ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlaridan keng foydalanish.
Belgilanishicha, markazga quyidagilar:
- zo‘ravonlikdan jabrlangan (urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilgan xotin-qizlar va ularning farzandlari);
- o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar va 14 yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxslar joylashtiriladi.
Mavzuga oid
17:51 / 04.07.2026
Baliqchilikni rivojlantirish markazi tashkil etiladi
11:22 / 11.12.2025
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar to‘lovi miqdori belgilandi
13:58 / 03.02.2025
Dohada Vatandoshlar markazini tuzishga kelishib olindi
11:41 / 02.09.2024