O‘zbekiston | 07:46 / 23.03.2021
4370
1 daqiqa o‘qiladi

23 mart kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi 

23 martda kunduz kuni respublikaning asosiy hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida ertalab, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kun davomida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo 15-20 daraja iliqqacha, shimolda 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-17 daraja iliqni tashkil etadi. 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid