Jahon | 09:29 / 23.03.2021
6673
1 daqiqa o‘qiladi

AQShga birinchi marta Shimoliy Koreya fuqarosi ekstraditsiya qilindi

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya fuqarosi Mun Chxve Myon Malayziyadan AQShga ekstraditsiya qilindi. U 22 mart kuni sud oldida javob berishni boshladi. AQSh adliya vazirligining ta'kidlashicha, Mun Chxve Myon AQShga ekstraditsiya qilingan birinchi shimoliy koreyalik hisoblanadi.

Malayziya 55 yoshli Mun Chxve Myonni AQShga topshirgani sababli Shimoliy Koreya u bilan diplomatik munosabatlarni uzgandi. AQShda ta'kidlanishicha, u Shimoliy Koreya razvedkasi xodimi hisoblanadi.

Shimoliy Koreya fuqarosi Pxenyanga hashamat buyumlarini yetkazishda AQSh moliya tizimi orqali pul yuvganlikda ayblanmoqda. U bunda AQSh va BMT sanksiyalarini buzgani ta'kidlanmoqda. 

Erkak Malayziyada rafiqasi va ikki qizi bilan 10 yildan ko‘proq yashagan. 

Malayziya sudi shimoliy koreyalikning ekstraditsiya qilinishini 2019 yil dekabrdayoq ma'qullagan. Erkak 2 yillik sud taftishlaridan keyin AQShga topshirilgan.

O‘z navbatida Shimoliy Koreya o‘z fuqarosining qonuniy tashqi savdo bilan shug‘ullanganini ta'kidlamoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid