Duma vakili o‘zbekistonlik talabalarning Rossiyaga kirishiga ruxsat berilmaganiga izoh berdi
«Rospotrebnadzor» tomonidan mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat xavfsiz deb topilmagani uchun o‘zbekistonlik talabalarning Rossiyaga qaytishiga hozircha ruxsat berilmagan. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi ta'lim qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Lyubov Duxanina ma'lum qildi.
Uning aytishicha, bu yerda nafaqat kunlik koronavirusga chalinganlar soni hisobga olingan, balki davlatlardagi koronavirusga tashxis qo‘yish va davolash hamda umumiy profilaktika holatlari e'tiborga olingan.
Bundan tashqari, tojikistonlik talabalarning ham Rossiyaga kirishiga joriy etilgan taqiq o‘z kuchida qolgan. Rossiyalik deputatning ma'lum qilishicha, Tojikiston COVAX dasturi doirasida ko‘pchilik mamlakatlar qo‘llashni rad qilayotgan AstraZeneca vaksinalarini qabul qilib olgan hamda hozircha ularda boshqacha vaksina mavjud emas.
Avvalroq, talabalari Rossiyaga kirishi mumkin bo‘lgan xorijiy davlatlar ro‘yxati e'lon qilingani, O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q ekani xabar berilgandi.
2021 yil 16 martda imzolangan hujjatda Rossiyaga barcha xorijlik talabalar emas, balki faqat epidemiologik vaziyat barqaror mamlakatlardan keladigan talabalar kirishi mumkinligi qayd etilgan. Ruxsat berilgan mamlakatlar ichida epidemiologik vaziyat birmuncha o‘nglangan O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston yo‘q.
Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirishi uchun ochiq davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan taqdirda, bu haqida qo‘shimcha ma'lumot taqdim etilishini bildirdi.
Ma'lumot uchun, 2019 yilda Rossiya Ilm-fan va oliy ta'lim vazirligi xorijiy talabalar bo‘yicha yetakchi davlatlarni e'lon qilgan edi. Eng ko‘p talaba Qozog‘istondan (65,6 ming talaba), ikkinchi o‘rinda — Turkmaniston (27,4 ming), uchinchi o‘rinda — O‘zbekiston (25,7 ming). Rossiyada 250 mingdan ziyod xorijiy talaba tahsil oladi.
Mavzuga oid
22:25 / 24.11.2024
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
19:21 / 24.11.2024
FT: Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi. Ular shartnoma imzolashga majburlanmoqda
15:06 / 24.11.2024
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi - Reuters
00:35 / 24.11.2024