Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘qiyotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu davlatga kirish bilan bog‘liq cheklovlar saqlanib qolmoqda - O‘zbekiston elchixonasi
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi talabalarga maxsus axborot bilan chiqdi.
Rossiya hukumatining 2021 yil 16 martdagi qaroriga binoan, chet ellik talabalar, aspirantlar, ordinatorlar, tayyorlov fakultetlar tinglovchilariga o‘qishni davom ettirish uchun Rossiyaga kirishga ruxsat berilgan.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabariga ko‘ra, Rossiyaga o‘qish uchun 25 mamlakat fuqarolari kirishi mumkin. 2021 yil 23 mart holatiga ko‘ra, Rossiya ta'lim muassasalarida o‘qiyotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish bilan bog‘liq cheklovlar saqlanib qolmoqda.
«O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirishi uchun ochiq davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan taqdirda, bu haqida qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi. Qo‘shimcha savollar yuzaga kelgan taqdirda, Rossiya Ilm-fan va oliy ta'lim vazirligining Situatsion markaziga murojaat qilish tavsiya etiladi: telefon - +7(495)198-00-00, elektron manzil: [email protected]», deyiladi O‘zbekiston elchixonasi ma'lumotida.
Avvalroq, talabalari Rossiyaga kirishi mumkin bo‘lgan xorijiy davlatlar ro‘yxati e'lon qilingani, O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q ekani xabar berilgandi.
16 martda imzolangan hujjatga ko‘ra, Rossiyaga barcha xorijlik talabalar emas, balki faqat epidemiologik vaziyat barqaror mamlakatlardan keladigan talabalar kirishlari mumkin.
Ruxsat berilgan mamlakatlar ichida epidemiologik vaziyat birmuncha o‘nglangan O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston yo‘q.
2019 yilda Rossiya Ilm-fan va oliy ta'lim vazirligi xorijiy talabalar bo‘yicha yetakchi davlatlarni e'lon qilgan edi. Eng ko‘p talaba Qozog‘istondan (65,6 ming talaba), ikkinchi o‘rinda — Turkmaniston (27,4 ming), uchinchi o‘rinda — O‘zbekiston (25,7 ming). Rossiyada 250 mingdan ziyod xorijiy talaba tahsil oladi.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026