Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatining chekka hududida hashar yo‘li bilan 330 o‘rinli yangi maktab binosi qurildi
Bog‘dod tumanining chekka hududi Mehnatobod qishlog‘ida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi hashar yo‘li bilan qurib bitkazilgan. Smeta bahosi 4,5 mlrd so‘mga baholangan maktab qurilishiga mahalliy tadbirkorlar va fermerlar ham ko‘mak bergan.
Bog‘dod tumanining chekka hududlaridan biri – Mehnatobod qishlog‘ida yangi 330 o‘rinli maktab binosi foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati.
Ta'kidlanishicha, maktab investitsion dasturlarsiz, qishloq aholisining hamjihatligi, tashabbuskorligi hamda sektor rahbarlarining qo‘llab-quvvatlashi asosida, hashar yo‘li bilan bunyod etilgan.
Maktab yangi binosining ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etgan.

Smeta bahosi 4,5 mlrd so‘mga baholangan maktab qurilishi mahalliy tadbirkorlar va fermerlar ko‘magi bilan boshlangan. Qurilish ishlari uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan esa 750 mln so‘m ajratilgan.
Ma'lum qilinishicha, avvallari qishloq yoshlari shu hududdagi eski dala shiyponi o‘rnida – moslashtirilgan binoda boshlang‘ich ta'limni olishgach, yuqori sinflarda o‘qish uchun har kuni 4-5 km piyoda yo‘l bosib, qo‘shni qishloqdagi maktabga qatnagan.

Shuningdek, yangi maktab uchun viloyat hokimligi tomonidan kompyuter sinfi, musiqa va sport anjomlari sovg‘a qilingan. Viloyat budjeti hisobidan maktab uchun sport zali ham qurib beriladigan bo‘lgan.
Xabarda, shuningdek, ushbu qishloqda yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilib foydalanishga topshirilgani ham ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
10:49 / 23.01.2026
Farg‘ona vodiysidagi kuchli qor sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
16:25 / 17.01.2026