Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram kelgusi faoliyati uchun 1 milliard dollar jalb qila oldi
Foto: Global Look Press
Telegram asoschisi Pavel Durov o‘z kompaniyasi 1 mlrd dollardan ko‘proq summaga obligatsiyalarni sotganini ma'lum qildi. Agar kompaniya 5 yil ichida aksiyalarini sotuvga chiqarsa, obligatsiyalar egalari ularni 10 foizlik chegirma bilan aksiyalarga ayirboshlay olishadi.
“Telegram dunyoning bir qator yirik sarmoyachilariga bondlarni sotishdan 1 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ jalb qila olganini ma'lum qilishdan mamnunman. Bu Telegram’ga o‘z qadriyatlari va mustaqilligini saqlab qolgan holda yanada o‘sishga imkon beradi. Bu mablag‘lar monetizatsiya strategiyasini amalga oshirishda yordam beradi”, deb yozgan Durov Telegram’dagi kanalida.
Ta'kidlanishicha, sarmoyachilar orasida Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi, BAAdan ikkita suveren jamg‘arma - Mubadala Investment va Abu Dhabi Catalyst Partners ham bor. Ma'lum qilinishicha, amirliklar jamg‘armalari kompaniya obligatsiyalariga 75 mln dollardan sarflashgan.
Mavzuga oid
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
10:07 / 04.05.2026
Chet el valutasida obligatsiya chiqarishga ruxsat berildi
23:06 / 22.04.2026