Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi
U qaysi vaksina bilan emlangani ma'lum qilinmadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi.
«Putin koronavirusga qarshi emlandi, u o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ertaga prezident uchun to‘liq ish kuni», degan Peskov.
Oldinroq Putin koronavirusga qarshi emlash jarayoni ommaviy ko‘rsatilishini xohlamagani ma'lum bo‘lgandi. Peskov bu holatni izohlar ekan Putinga kamera qarshisida emlanish yoqmasligini aytgandi. Prezident matbuot kotibi Putin vaksinani ommalashtirish uchun shundog‘am ko‘p ish qilayotganini eslatdi.
Putin koronavirusga qarshi qanday vaksina bilan emlangani ma'lum emas. Avvalroq u uchun uchta variant borligi aytilgandi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026