Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobillarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi
Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining “Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan “Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi qarori loyihasi tayyorlandi.
Mazkur loyiha:
- Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi “Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 700-sonli qarori talabidan kelib chiqib, 16-bandga o‘zgartirish kiritish;
- avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida to‘qson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘imni milliy valuta - so‘mda undirish;
- tashuvchilarga qulaylik yaratish va bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish maqsadida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi uchun ahamiyatsiz bo‘lgan qaror ilovalaridagi “kelish maqsadi va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish hududi”, “avtotransport vositasining rangi”, “avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasi va raqami”ni chiqarib tashlash;
- avtotransport vositasining “shassi, kuzov va dvigatel raqami” o‘rniga “unikal (VIN) raqami”ni, “dvigatel hajmi” o‘rniga “dvigatel ot kuchi”ni kiritish imkonini yaratish;
- tirkama/yarim tirkamalarni identifikatsiya qilish maqsadida, tirkama/yarim tirkamalarning “unikal (VIN) raqami” va “ishlab chiqarilgan yili”ni kiritish imkoni yaratilishini nazarda tutadi.
Mavzuga oid
15:39 / 09.07.2026
“30 yoshdan oshgan” mashinalar egalaridan ekologik kompensatsiya undirish g‘oyasidan voz kechildi
10:25 / 06.07.2026
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
10:55 / 04.07.2026
Transport sohasida xavf tahlili raqamlashtiriladi
08:43 / 04.07.2026