Özbekistonda işlab çiqarilganiga 30 yildan oşgan avtomobillar uçun yiliga 30 BHM (12,4 mln söm) miqdorida ekologik kompensatsiya joriy etiş fikridan voz keçildi. Çiqindilarni boşqariş agentligiga köra, eski maşinalarni egalaridan bozor narxida sotib oliş va tanlov imkoniyatini beriş közda tutilyapti: ular maşinasining pulini naqd olişi yoki yangi maşina uçun boşlanğiç tölovga aylantirişi mumkin.
Özbekistonda eski maşinalar uçun majburiy ekologik kompensatsiya joriy etiş ğoyasi qonun loyihasidan çiqarib taşlandi. Buning örniga ularni rağbatlantiriş böyiça yangi mexanizm taklif etilyapti. Bu haqda 8 iyul kuni Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi ma’lum qildi.
Avvalroq agentlik 2027 yil 1 yanvardan boşlab işlab çiqarilganiga 30 yildan oşgan avtomobillar egalaridan har yili bazaviy hisoblaş miqdorining 30 baravari (12 mln 360 ming söm) miqdorida ekologik kompensatsiya undiriş haqidagi hujjat loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöygan edi.
Agentlik boşqarma boşliği Umarjon Abdullayev 8 iyul kuni jurnalistlar bilan suhbatda loyiha yuzasidan aholidan köplab e’tirozlar kelib tuşgani va ular inobatga olinganini ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, “30 yoşdan oşgan” maşinalar uçun ekologik kompensatsiya undiriş haqidagi band loyihadan butunlay çiqarib taşlangan.
Hukumat ma’murçilik va majburlaş örniga, aholini iqtisodiy rağbatlantiruvçi bozor mexanizmlariga e’tibor qaratmoqda.
Taklif etilayotgan yangi tartibga köra, Özbekistonda oçiq va şaffof tenderlar asosida bir-biridan mustaqil bölgan avtomobillarni baholaş hamda qayta işlaş korxonalari tarmoği yaratiladi. Eski avtotransport vositalari bozor qiymatida adolatli baholanadi, hatto harakati çeklangan nosoz maşinalarni ham mutaxassislar joyiga çiqqan holda körikdan ötkazişadi.
Avtomobil egalariga baholangan qiymat miqdorida naqd pul tölanadi yoki maxsus vauçerlar taqdim etiladi. Muhim jihati, fuqarolar uşbu vauçerlardan rasmiy dilerlardan yangi avtomobil sotib olişda boşlanğiç tölov sifatida foydalanişi mumkin böladi. Bunda yangi maşina narxidan vauçer qiymati çegirib taşlanib, qolgan summani 2 yildan 7 yilgaça bölgan muddatga mutlaqo foizsiz, bölib-bölib tölaş imkoniyati yaratilişi közda tutilmoqda.
Agarda fuqaro berilgan vauçerdan foydalanmaslikka qaror qilsa, uning qiymatini bir oy içida naqd pul şaklida qaytarib oliş huquqiga ega böladi.
“Uşbu tizimning afzalligini oddiy hayotiy misolda yaqqol köriş mumkin. Hozirgi amaliyotda rasmiy dilerlardan yangi avtomobil sotib qiliş uçun xaridor kamida 30-50 foiz oldindan tölov qilişi, qolgan summaning esa 3-5 yil davomida ustama foizlari bilan tölanişi talab etiladi.
Masalan, bugungi kunda 165 million sömlik Cobalt maşinasini xarid qiliş uçun fuqaro dastlab kamida 50 million söm naqd pul topişi kerak. Taklif etilayotgan yangi tizim esa aynan şu muammoni hal qiladi. Aytaylik, fuqaroning eski “Gaz-24”, “Moskviç” yoki birinçi avlod Nexia rusumli avtomobili bor. Uşbu maşinalarning bugungi bozor bahosi holatiga köra örtaça 5 milliondan 70 million sömgaça baholanişi mumkin.
Agar fuqaroning eski maşinasi eng minimal qiymatda – 5 million sömga baholangan taqdirda ham, u 165 millionlik yangi Cobalt uçun boşlanğiç tölov tölamaydi va qolgan 160 million sömni 7 yil davomida har oyda 1,9 million sömdan mutlaqo foizsiz tölab boriş şarti bilan maşina egasiga aylanişi mumkin.
Bordi-yu, eski avtomobil yaxşiroq saqlangan bölib, 70 million sömga baholansa, yangi Cobalt'ning qolgan qismi uçun 7 yil davomida oylik tölov 1,13 million sömni taşkil etadi”, – deyiladi agentlik bayonotida.
Taklif etilayotgan mexanizmda baholovçi va avtomobil utilizatsiyasi bilan şuğullanuvçi operatorlarning xizmat körsatiş xarajatlarining bir qismi belgilangan hisob-kitoblar asosida utilizatsiya yiğimi mablağlari hisobidan qoplab beriladi.
Ta’kidlanişiça, bu tartib eskirgan yoki nosoz avtomobillardan atrof-muhitga yetişi mumkin bölgan zararlarni kamaytirişga hamda avtotransport parkining tizimli yangilanib borişiga xizmat qiladi
Şu bilan birga, uşbu loyihani işlab çiqiş va qayta işlaş jarayoni hali yakuniga yetmagan. Çiqindilarni boşqariş agentligi jamoatçilikdan taklif, fikr va mulohazalarni kutişini bildirdi.
Ma’lumot uçun, agentlik keltirgan raqamlarga köra, Özbekiston böyiça qariyb 5 millionga yaqin avtotransport vositalarining 100 mingtasi nosoz holatda bölib, ular şaharlardagi jami zararli taşlamalarning 63 foiziga sabab bölmoqda.
Şuningdek, bitta eski avtomobil utilizatsiya qilinganda uning vazniga qarab tonnalab metall va plastikdan taşqari 50 kilogrammgaça xavfli qattiq çiqindilar ham ajralib çiqadi.











