Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel bir kun ilgari joriy etilgan karantinni bekor qildi va aholidan uzr so‘radi
Angela Merkel 22 mart kuni Germaniyada karantin rejimi 18 aprelgacha uzaytirilganini e'lon qilgandi.
Germaniya kansleri Angela Merkel Pasxa bayrami kunlariga joriy etilgan karantin uchun fuqarolardan uzr so‘radi va uni bekor qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
Merkel «yaxshi maqsadda» — koronavirusning uchinchi to‘lqini tarqalishini sekinlashtirish uchun Pasxa kunlariga karantin e'lon qilingani, ammo bu noto‘g‘ri qaror bo‘lganini aytdi.
“Bu faqat mening xatom, buning uchun men javobgarman”, – deb ta'kidladi u va barcha fuqarolardan uzr so‘radi.
Merkel 22 mart kuni mamlakatda karantin rejimi 18 aprelgacha uzaytirilganini e'lon qilgandi. Pasxa davrida — 1 apreldan 5 aprelgacha esa karantin rejimi yanada kuchaytirilishi ko‘zda tutilgandi.
Robert Koh nomidagi institut bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 2,7 million nafarga yetgan, 75 ming nafarga yaqin kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026