Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pfizer koronavirusga qarshi tabletka ko‘rinishidagi dorini odamlarda sinovdan o‘tkazishni boshladi
AQShning Pfizer kompaniyasi koronavirusga qarshi tabletka ko‘rinishidagi yangi vositani odamlarda sinovdan o‘tkazishni boshladi.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, vositani kasallikning erta bosqichida virus ko‘payishini to‘xtatish uchun qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Pfizer bosh ilmiy xodimi Mikael Dolstenning ta'kidlashicha, hozircha sinovlar vaqtida hech qanday muammolar yuzaga kelmagan va natijalar bir necha hafta ichida olinishi mumkin.
Agar barchasi yaxshi kechsa, kompaniya yilning 2-choragida sinovlarning 2- va 3-bosqichlarini boshlashi mumkin. Bu esa Pfizer’ga yil oxirigacha vositani favqulodda qo‘llash uchun ruxsat olishga ariza berishiga imkon beradi.
Vosita mualliflarining ta'kidlashicha, yangi dori virusning ko‘payishi oldini olish uchun proteaza deb nomlangan ferment bilan birikadi.
Ta'kidlanishicha, shunga o‘xshash vositalar OIV va gepatit S’ni davolashda muvaffaqiyatli qo‘llanadi.
Sinovlar vaqtida vositaning xavfsizligi va o‘zlashtirilishi baholanadi. Bundan tashqari, kompaniya tomirga kiritiladigan vositani ham sinovdan o‘tkazadi. Ushbu vosita bilan kasallikning og‘ir bosqichidagi bemorlarni davolash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
23:23 / 14.04.2025
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
00:49 / 08.12.2024
Vengriya va Polsha Yevrokomissiya rahbariga qarshi sud jarayonlariga qo‘shildi
13:47 / 28.03.2023