Koronavirusga qarşi tekşirilmagan vaksinalar xaridida korrupsiyaga yöl qöyganlik ayblovi böyiça Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyenga qarşi da’voning iştirokçilari soni ortdi. Bu haqda da’voni ilgari surgan belgiyalik lobbist Frederik Baldan ma’lum qildi.

«Fon der Lyayyenga qarşi çiqiş qilayotgan ayblov tomonining da’vosi iştirokçilari soni ming kişiga yetdi. Bular qatoridan Vengriya va Polşa hukumatlari, jamoat taşkilotlari, jumladan, şifokorlar va bort kuzatuvçilarning professional birlaşmasi hamda Pfizer vaksinasining salbiy oqibatlaridan halok bölgan insonlarning yaqinlari örin olgan», — deydi Baldan.

Uning ta’kidlaşiça, tekşirilmagan vaksina xavfini jamiyatdan qasddan yaşirilganlik böyiça ma’lumotlar mavjud.

«Şunga qaramay, hukumat qat’iy çoralarni joriy etdi va vaksinatsiyani majburiy qildi. Yevrokomissiya fuqarolar huquqini buzdi», — deya qayd etadi u.

Ursula fon der Lyayyen YeI davlatlari bilan kelişmasdan töliq sinovdan ötmagan koronavirusga qarşi vaksinalar xaridi böyiça Pfizer bilan SMS-yozişma orqali kelişuv tuzganlikda ayblanmoqda. Natijada, Yevropa Ittifoqi budjetidan 35,8 milliard yevro sarflangan. 

Eslatib ötamiz, iyul örtalarida Ursula fon der Lyayyen ikkinçi muddatga Yevrokomissiya rahbari etib tasdiqlangan edi. Yaşirin ovoz beriş jarayonida fon der Lyayyenni yoqlab 401 nafar ovoz berilgan, 284 nafar deputat qarşi, 15 nafari esa betaraf qolgan. Saylaniş uçun unga 361 ovoz yetarli edi.