O‘zbekiston | 13:50 / 24.03.2021
3347
2 daqiqa o‘qiladi

Qurilish vazirligiga tadbirkorlarni qurilish sohasini nazorat qilish bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazish huquqi beriladi

Prezidentning “Qurilish jarayoni ishtirokchilarining mas'uliyati va javobgarligini oshirish, qurilish sohasida nazoratni kuchaytirish va sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Qurilish-montaj ishlari sifatini oshirish, qurilish sohasida korrupsion holatlar va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, sohani boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, qurilishda buyurtmachi, loyihachi, pudratchi, subpudratchilar roli va javobgarligini hamda qurilish sohasidagi nazorat qiluvchi organlar rolini kuchaytirish maqsad qilingan.

Qurilish vazirligiga tadbirkorlik sub'yektlarini qurilish sohasini nazorat qilish bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazish huquqi beriladi.

Akkreditatsiyadan o‘tgan tadbirkorlik sub'yektlariga murakkablikning I, II, III toifasiga kiradigan obektlar qurilishida shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, obektlarda barcha turdagi nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish huquqi beriladi.

Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan va akkreditatsiya guvohnomalarining amal qilishi to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan hamda bekor qilingan tadbirkorlik sub'yektlarining reyestri Qurilish vazirligi saytida e'lon qilib boriladi.

Nazorat funksiyasini amalga oshirgan sub'yektlar obektning shaharsozlik hujjatlari talablariga muvofiqligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan moddiy javobgar bo‘lishi belgilanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid