Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentyabrdan boshlab yerga oid huquqbuzarliklar haqidagi ma'lumotlarni aniqlash yangi tizim orqali amalga oshiriladi
Prezidentning “Yerdan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat'iy rioya etilishini ta'minlash hamda bu sohada davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Yerdan foydalanish hamda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat'iy rioya etilishini ta'minlashda vakolatli davlat organlari va tashkilotlari mas'uliyatini yanada oshirish maqsad qilingan.
Belgilanishicha:
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab yerga oid huquqbuzarliklar haqidagi ma'lumotlarni aniqlash, to‘plash, qayta ishlash, saqlash, shuningdek yerga oid huquqbuzarlik ishlarini ko‘rib chiqish tartibotlari “E-Yer Nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda agentlik uning operatori hisoblanadi;
“E-Yer Nazorat” AATga yerga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida kiritish va huquqbuzarlik ishlarini ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida ma'lumotlarni joylashtirish uchun agentlik, Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘linmalari, Ichki ishlar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va ularning hududiy bo‘linmalari hamda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari mas'ul hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, agentlik, Qurilish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hududlarda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash, tegishli ma'muriy hujjatlarda belgilanganidan ortiqcha yerdan foydalanish holatlari hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Belgilanishicha:
- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini monitoring qilish agentlik tomonidan har yili 1 martga qadar tasdiqlanadigan reja asosida amalga oshiriladi;
- yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini monitoring qilish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
- yerlarni monitoring qilish, ularni xatlovdan o‘tkazish va o‘lchash, shuningdek ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik va yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan holda amalga oshiriladi;
- uchinchi shaxsga tegishli bo‘lmagan yoki nizo predmeti hisoblanmagan o‘z hududiga tutash yer uchastkasida shaharsozlik hujjatlariga asosan umumiy yer uchastkasining 2 foizigacha bo‘lgan maydonda o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini (joylashtirish) amalga oshirganlik (egallab olganlik) har bir sotix va foydalanilgan yil davri uchun mazkur yer toifasiga belgilangan yer solig‘i stavkasiga nisbatan 100 karra miqdorida to‘lov amalga oshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu yer uchastkasiga bo‘lgan huquq rasmiylashtiriladi va mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga o‘zgartirish kiritiladi (muhofaza zonalari hududlarida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bundan mustasno). Ushbu mablag‘lar to‘liq respublika budjetiga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
13:04 / 03.05.2026