Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
26 mart kunduz kuni O‘zbekiston hududiga salqin va nam havo massalari kirib keladi
26 mart kunduz kuni respublika hududiga salqin va nam havo massalari kirib keladi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-20 daraja iliqqacha pasayadi.
Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 16-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
2021 yil 26 martdan 30 martgacha respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.