Buxgalter.uz’ning yozishicha, tadbirda soliq maslahatchilari va biznes vakillari ham ishtirok etdi. Uchta asosiy savol muhokama qilindi: elektron hisobvaraq-fakturani o‘z vaqtida taqdim etmaganlik va muddatlarga rioya qilmaganlik uchun jarimalar; joriy hisobot davrida tuzatilgan elektron hisobvaraq-fakturani taqdim etish uchun cheklovlar; hisobga olish huquqini noqonuniy qo‘llash. 

Bildirilishicha, Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev qo‘mitaning elektron hisobvaraq-faktura bo‘yicha qo‘shimcha cheklovlarni joriy qilish bo‘yicha harakatlarini sharhlab berdi. Ular elektron hisobvaraq-faktura aylanmasini va so‘nggi vaqtlarda keng quloch yozgan qo‘shimcha qiymat solig‘ini hisobga olish huquqini qo‘llashni tartibga soluvchi normalardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etishga qaratilgan.

EHFni tahlil qilgan holda huquqbuzarlarni tezkor tarzda aniqlash mumkin. Bu hamma elektron shaklda rasmiylashtirishi shart bo‘lgan yagona hujjat, ushbu jarayon ma’murchiligi DSQ ishtirokida ro‘y beradi. 

Biznes vakillari fikriga ko‘ra, huquqbuzarlarga qarshi kurash vijdonli soliq to‘lovchilar huquqlari va manfaatlarini cheklamasligi kerak. Qator hollarda tuzatilgan hisobvaraq-faktura taqdim etish aniqlangan xatolarni bartaraf etishning yagona usuli hisoblanadi. Soliq to‘lovchida huquq mavjud va boshlang‘ich hujjatlar va hisobotlarda mustaqil ravishda aniqlangan xatolarni tuzatish imkoniyati bo‘lishi kerak.

EHFni taqdim etish muddatlari hisobvaraq-fakturalar shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan. Agar soliq to‘lovchi ularga rioya qilsa, uni jazolash uchun asos yo‘q. Shuningdek, ushbu muddatlarni buzganlik uchun SKning 223-moddasi asosida jarima sanksiyalarini qo‘llash ham noto‘g‘ri bo‘ladi.

Davlat organlari vakillari EHF va onlayn-NKM bilan ishlashda muammolarga duch kelgan tadbirkorlarni e’tibor bilan tinglashdi. DSQ raisi Sherzod Qudbiyevning so‘zlariga ko‘ra, soliqchilar muammolarning ba’zilarini biladi va ularni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Xususan, yaqin vaqtda onlayn-NKMdan ma’lumotlar avtomatik tarzda hisob-kitoblar tizimiga tushadi. Naqd shaklda hisob-kitob orqali sotuvlar bo‘yicha bir tomonlama hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish esa bekor qilinadi. Korporativ karta bilan hisob-kitoblarda onlayn-NKM cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazishni, sotib oluvchi talabiga binoan hisobvaraq-fakturani taqdim etish to‘g‘risidagi normani bekor qilish bilan yagona ehtimoliy variant sifatida, qoida uchun qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov elektron hujjat aylanishini yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishning asosiy instrumentlaridan biriga aylantirish yuzasidan rejalar bilan o‘rtoqlashdi.