O‘zbekiston | 13:34 / 26.03.2021
3644
3 daqiqa o‘qiladi

Respublika bo‘yicha 233,6 ming gektar yer ikkilamchi ijara huquqlari asosida ajratib beriladi

Vazirlar Mahkamasining «Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosili uchun asosiy maydonlarga qishloq xo‘jaligi va sabzavot ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;

2021 yil hosili uchun lalmi maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yilda ertaki ekinlar va g‘alladan bo‘shaydigan takroriy maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosili uchun bog‘ va uzumzor qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yilda foydalanishga kiritilgan yerlarda shotut va balxi tut plantatsiyalari tashkil etish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosili uchun g‘o‘zaning rayonlashgan va istiqbolli navlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;

2021 yilda kutilayotgan minimal narxlarga nisbatan rag‘batlantiruvchi koeffitsiyent joriy etiladigan g‘o‘zaning seleksion navlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosili uchun chigit ekish sxemalari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosili uchun paxta yetishtirishda talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it va yonilg‘i-moylash materiallari hajmlari hisob-kitobi.

Shu bilan birga, tegishli vazirlik va idoralarga quyidagilar yuzasidan topshiriqlar berildi:

yer maydonlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish va ko‘p yillik daraxtzorlar barpo etish, urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘it hamda suv bilan ta'minlash tadbirlari o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash;

respublika bo‘yicha 233,6 ming gektar yer ikkilamchi ijara huquqlari asosida ajratib berilishini ta'minlash hamda har bir tumanda yoshlar uchun kooperatsiya shartlarida mahsulot yetishtirishni joriy etish;

sug‘orish grafiklari asosida o‘z vaqtida suv bilan to‘liq ta'minlash;

kasallik, zararkunanda va begona o‘tlardan himoya qilish uchun zarur kimyoviy preparatlar zaxirasini yaratish.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun talab etiladigan mablag‘lar Moliya vazirligi mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari hisobidan ajratiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid