O‘zbekiston | 07:50 / 27.03.2021
3860
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda iliq va nam havo saqlanib turadi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda iliq va nam havo saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 18-20 daraja issiqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

2021 yil 27 martdan 30 martgacha respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid