Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Bayden Putin va Si Tszinpinni muzokaralarga taklif qilganini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik va xitoylik hamkasblari Vladimir Putin va Si Tszinpinni iqlim bo‘yicha muzokaralarga taklif qildi. Bu haqda rasmiy shaxslarga tayanib Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Uchrashuv tafsilotlari ma'lum qilinmagan. Oq uyda esa ushbu axborot hozircha tasdiqlanmadi.
Ta'kidlanishicha, gap Bayden ma'muriyati tomonidan iqlim bo‘yicha tashkillashtiriladigan ilk muzokaralar haqida bormoqda.
AQSh iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro sammitni 22-23 aprelda o‘tkazmoqchi. Ta'kidlanishicha, tadbirga iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p jabr ko‘rgan 40dan ko‘proq davlat yetakchilari kelishi kutilmoqda.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbiga onlayn rejimda muzokaralar o‘tkazishni taklif qilgandi. Biroq Oq uyda Putinning taklifiga AQSh prezidenti bandligi va u bunday muzokaralarni qachon o‘tkaza olishini bilmasliklari bilan javob qilingan. Keyinroq Baydenning o‘zi “mavridi kelganda” Putin bilan albatta muzokaralar o‘tkazishini aytgan.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026