Jamiyat | 16:12 / 28.03.2021
1806
1 daqiqa o‘qiladi
Urganch shahridan Istanbul va Samarqandga ilk parvozlar amalga oshirildi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2ta yangi muntazam aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi.
28 mart kuni Xorazm viloyati markazi Urganch shahridan Turkiyaning Istanbul shahriga va Samarqand shahriga ilk parvozlar amalga oshirildi.
Istanbulga qatnovlar yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida bo‘ladi:
- Urganch – Istanbul, uchish - 9:30*, qo‘nish - 11:50*
- Istanbul – Urganch, uchish - 13:20*, qo‘nish - 19:50*
* - mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan.
Samarqand shahriga aivaqatnovlar har kuni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- Samarqand – Urganch, uchish - 11:50, qo‘nish - 13:05
- Urganch – Samarqand, uchish - 13:55, qo‘nish - 15:05
Chiptalar narxi ekonom klass uchun 188 ming so‘m, biznes klass uchun 1 mln 324 ming so‘mdan boshlanadi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi avvalroq Urganch shahridan Farg‘onaga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygan edi.
Mavzuga oid
11:17 / 02.10.2024
Xorazmda sodir bo‘lgan yong‘inda fuqaroning uyi yonib ketdi
10:31 / 22.05.2024
Urganch shahrining nohaq sudlangan sobiq prokurori oqlandi va 10 yil deganda ishga tiklandi
19:13 / 22.04.2024
Xorazmda 38 yoshli ayol qotillikka qo‘l urdi
14:53 / 08.01.2024