Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu qatnov mamlakatda ichki turizm va ishbilarmonlik faolligini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda.

Parvozlar jadvali quyidagicha:

  • Urganch – Farg‘ona
    uchish soat 10:55da, qo‘nish 12:35da;

  • Farg‘ona – Urganch
    uchish soat 14:05da, qo‘nish 15:45da.

Joriy yilning 11 fevralidan esa haftaning payshanba va shanba kunlari Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida aviaqatnovlar muntazam ravishda bajariladi.