Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Tojikistonga tashrif buyuradi
O‘zbekiston delegatsiyasining bo‘lajak «Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni» forumidagi ishtiroki to‘g‘risida rasmiy ma'lumot berildi.
2021 yilning 30 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya «Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni» muloqotining to‘qqizinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga (Tojikiston) tashrif buyuradi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, forumda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga yordam berish maqsadida xavfsizlikni ta'minlash hamda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilinadi.
Shuningdek, ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlash choralarini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025