Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi
Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, quyidagilar tasdiqlandi:
- paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (1);
- bug‘doy yetishtirish xarajatlarini kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- asosiy maydonlarda sabzavot yetishtirish xarajatlarini kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Quyidagilarga:
- Moliya vazirligiga agrar sohani moliyalashtirishda yuzaga keladigan mablag‘lar taqchilligini qoplash uchun zarur mablag‘lar budjet tizimi budjetlari hisobidan o‘z vaqtida ajratib borilishini ta'minlash;
- Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlarini tahlil qilgan holda, har yili 1 yanvarga qadar sabzavot mahsulotlari uchun kutilayotgan minimal narxlarni e'lon qilish hamda bozorlardagi narxlardan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritish va OAVda e'lon qilib borish topshirildi.
2021 yilda yetishtiriladigan sabzavot mahsulotlari uchun kutilayotgan minimal narxlar joriy yil 1 aprelga qadar e'lon qilinishi belgilandi.
Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamenti Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 8-uy manzilidagi «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Nizom (1) Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalari hamda Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash tartibini belgilaydi.
Jamg‘arma va tijorat banki o‘rtasida paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash to‘g‘risida tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1 noyabrigacha bitim tuziladi.
Paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash agrotexnik tadbirlar muddatlariga muvofiq tegishli moliya yilidan oldingi yil 1 noyabridan moliya yili 1 sentyabrigacha amalga oshiriladi.
Jamg‘arma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga asosan kredit resurslarini quyidagicha joylashtiradi:
- fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 14 oy muddat bilan urug‘lik qiymatini hisobga olgan holda:
- paxta xomashyosi qiymati 50 foizigacha yillik 6 foizda;
- paxta xomashyosi qiymati 60 foizigacha yillik 8 foizda;
paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalari paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun umumiy foydalanish muddati 22 oygacha bo‘lgan davr bilan urug‘lik qiymatini hisobga olgan holda:
- paxta xomashyosi qiymati 50 foizigacha yillik 6 foizda;
- paxta xomashyosi qiymati 60 foizigacha yillik 8 foizda.
Kreditlash tasdiqlangan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:06 / 01.07.2026
Fermerni so‘kayotgan hokimlar “dux”ni qayerdan olyapti?
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
17:20 / 23.06.2026