Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv muammolari markazi xodimlarining ish haqi oshiriladi
Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Xorazm viloyati suv xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, ilg‘or texnologiyalar, ilm-fan yutuqlarini tatbiq qilish, viloyat tuproq-iqlim sharoitlarida sug‘orishning innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsad qilingan.
Xorazm viloyati hokimligi mahalliy budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan markaz o‘zan tizimlari, drenaj va gidrometriya laboratoriyalari tashkil qilinadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
- markaz bino va inshootlarini saqlash hamda xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlarini moliyalashtirish 2021 yil 1 martdan boshlab O‘zbekiston davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy moliyalashtirish shartlariga o‘tkaziladi;
- Moliya vazirligi 2021 yil 1 martdan boshlab markaz rahbar va ilmiy xodimlari ish haqini Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlari rahbar va ilmiy xodimlari bazaviy lavozim maoshlariga o‘tkazadi hamda budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlar ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar-xodimlari bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiradi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 744-son qaroriga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi.
Qaror bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sh.G‘aniyev va Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov zimmasiga yuklanadi.
Mavzuga oid
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
11:40 / 08.06.2026