Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:54 / 30.03.2021
2900
1 daqiqa o‘qiladi
Aeroportlar davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya qilinadi
“Respublika aeroportlarini boshqarish sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, respublika aeroportlari davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya, modernizatsiya, ekspluatatsiya qilinadi.
Bunda tegishli ishlarni bajarish uchun uch yilga quyidagi imtiyozlar beriladi:
- xususiy sheriklar olib kiriladigan transportlar, yo‘l-qurilish texnikasi, mashinalar, mexanizmlar, uskunalar, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uzellar, texnologik va loyiha hujjatlari, dasturiy ta'minot, jihozlar bojxona bojidan;
- transportlar va maxsus texnika uchun utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi;
- xususiy sheriklar va aeroportlar foyda solig‘ini, shu jumladan dividend to‘lashda ushlab qolinadigan foyda solig‘ini belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida to‘laydi;
- aeroportlar uchun mol-mulk solig‘ining belgilangan stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish