O‘zbekiston | 12:14 / 30.03.2021
4535
3 daqiqa o‘qiladi

Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun kasbga o‘qitish kurslari tashkil etiladi

“Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar)da kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi.

Xalq ta'limi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalarining (maktablar, maktab-internatlar) 10-11-sinflari (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 8-9-sinf) o‘quvchilari uchun kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Kasbga o‘qitish kurslarida kasbiy ta'lim berishning vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

  • o‘quvchilar tomonidan kasb-hunar ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishini ta'minlash, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etmaydigan kasblarni o‘rgatish orqali ularning kasb-hunar olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
  • kasbiy ta'lim berish jarayonida «usta-shogird» an'analari, mahalliy va xorijiy ilg‘or tajribani o‘rgangan holda eng maqbul usullardan foydalanish hamda kasblar malaka talablari va kasbiy ta'lim berish jarayoni metodik ta'minotini takomillashtirib borish;
  • kasbiy ta'lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali kasbiy ta'lim berish sifatini ta'minlash;
  • o‘quvchilarda mustaqil, ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularning mehnat faoliyati bilan faol shug‘ullanishi imkonini beruvchi kasb egasi bo‘lishlarini ta'minlash;
  • mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etilmaydigan kasblar bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta'minlash.

Belgilab qo‘yilishicha, kasbga o‘qitish kurslari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida tashkil etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid