Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşişda katta özgariş bölmayapti, dedi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi raisi Tanzila Norboyeva kengaşning 29 martdagi yiğilişida.
«Amalga oşirilayotgan işlarga qaramay, korrupsiyaga qarşi kuraşişda katta özgariş kuzatilmayapti, bunday jinoyatlarni sezilarli darajada kamaytirişga erişa olmayapmiz», – ta'kidladi Senat raisi.

Senat matbuot xizmati ma'lumotiga köra, Norboyeva yiğilişda 2020 yilgi statistik ma'lumotlarni keltirib ötgan.
Ma'lum qilinişiça, 2020 yilda sudlar tomonidan korrupsiya bilan boğliq (Jinoyat kodeksining 205-214-moddalari) 2 270 nafar şaxsga nisbatan 1 502 ta jinoyat işi körib çiqilgan. Eng köp jinoyatlar quyidagilar bölgan:
- pora beriş (211-modda; 1 056 nafar şaxsga nisbatan 883 ta jinoyat işi körib çiqilgan);
- mansab soxtakorligi (209-modda; 821 nafar şaxsga nisbatan 412 ta jinoyat işi körib çiqilgan);
- hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş (205-modda; 184 nafar şaxsga nisbatan 83 ta jinoyat işi körib çiqilgan);
- pora oliş (210-modda; 133 nafar şaxsga nisbatan 99 ta jinoyat işi körib çiqilgan).
Tahlillarga köra, korrupsiya bilan boğliq jinoyatlar asosan quyidagi toifa şaxslar tomonidan sodir etilgan:
- işsizlar (23 foiz – korrupsiya bilan boğliq qilmişlar böyiça iştirokçi yoxud pora berişga qiziqtirgan şaxslar);
- ta'lim sohasi xodimlari (17 foiz);
- tibbiyot sohasi xodimlari (7 foiz);
- bank sohasi xodimlari (5 foiz);
- quriliş sohasi xodimlari (3 foiz);
- içki işlar sohasi xodimlari (3 foiz).
Bu jinoyatlarning 89,4 foizi quyi böğin (tuman (şahar) yoki ularga tenglaştirilgan), 9,2 foizi örta böğin (viloyat) yoki ularga tenglaştirilgan),











