29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda sog‘liqni saqlash va davlat xaridlari sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish muhokama qilindi.

Senat axborot xizmati Kun.uz'ga taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Jizzax, Andijon, Navoiy va Xorazm viloyatlaridagi 59 ta qurilish obekti bo‘yicha davlat xaridlarini amalga oshirishda moliyaviy xato va kamchiliklar, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rganish natijalari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirlik va idoralar hamda tashkilotlarga 13 ta taqdimnoma kiritib, 25 ta so‘rovnoma va 3 ta ogohlantirish xati yuborgan. Bu so‘rovnomalar bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan 14 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Yig‘ilishda kengash raisi Tanzila Norboyeva davlat xaridlari sohasidagi muammolarga to‘xtaldi.

«Masalan, davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlarining oldini olish, xususan buyurtmachi, xarid komissiyalari a’zolari va ishtirokchilar o‘rtasida qarindoshlik yoki boshqa aloqalar mavjudligini aniqlash bo‘yicha mexanizmlar mavjud emas.

Shuningdek, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilgani, manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlari natijasida davlatga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan bo‘lsa-da, xarid ishtirokchilariga jinoiy javobgarlik belgilanmagan.

Shu bilan birga, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar muassisligida tashkil qilinayotgan sub’yektlarning aksariyati davlat xaridlari portalida ro‘yxatdan o‘tmay xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmoqda, korporativ buyurtmachilarning muntazam yangilanib boriladigan reyestri yuritilmayapti», – dedi Senat raisi.

Bu borada Aksilkorrupsiya agentligi (A.Burhonov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov) va Davlat xizmatlari agentligi (U.Muhammadiyev)ga 2 oy muddatda davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlarini axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali masofaviy aniqlash va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirildi.

Bosh prokuratura (N.Yo‘ldoshev), Aksilkorrupsiya agentligi (A. Burhonov) va Moliya vazirligi (T.Ishmetov)ga 3 oy muddatda davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlari natijasida davlatga ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan taqdirda, yetkazilgan zarar miqdoridan kelib chiqib