Özbekiston Boş prokuraturasi mansabdor şaxslar jinoyatçiligi böyiça 2020 yilga oid statistikani e'lon qildi.

Ma'lum qilinişiça, 2020 yil davomida respublika böyiça jami 1 148 ta jinoyat işi böyiça 1 723 nafar mansabdor şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor şaxslarning 69 foizi (1 669 nafari) – tuman-şahar miqyosidagi idora va taşkilotlarda işlagan.

2019 yil bilan taqqoslaganda, mansabdor şaxslarning jinoyatlari 77 foizga köpaygan bölsa-da, jinoyatçi deb topilgan respublika va viloyat darajasidagi amaldorlar soni karrasiga kamaygan.

Infografikadan körinişiça, 2019 yilda respublika darajasidagi 40 nafar, 2020 yilda esa 9 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan. Viloyat miqyosidagi jinoyatçi-amaldorlarning soni esa bir yilda 115 nafardan 45 nafarga kamaygan.

Infografika: Boş prokuratura

2020 yilda mansabdor şaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 500,1 milliard söm moddiy zarar yetkazilgan (tergov jarayonida bu zararning 355,7 milliard sömi undirilgan). Taqqoslaş uçun, 2019 yildagi zarar miqdori qariyb uç baravar köp – 1,9 trillion sömni taşkil etgan.

Eng köp kuzatilgan jinoyat – talon-torojlik. Jinoiy javobgarlikka tortilgan 1723 nafar mansabdor şaxsning:

  • 835 nafari özganing mulkini özlaştiriş va rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş;
  • 227 nafari firibgarlik;
  • 132 nafari pora oliş (beriş) va pora oliş-berişda vositaçilik qiliş;
  • 58 nafari mansab mavqeyini suiiste'mol qiliş;
  • 31 nafari mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş;
  • 25 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qaraş;
  • 16 nafari mansab soxtakorligi;
  • 399 nafari boşqa jinoyatlarni sodir etgan.
Infografika: Boş prokuratura