Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ikki oyda 17,5 mln dollarlik yengil avtomobillar import qildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 17,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan yengil avtomobillar import qildi.
Qo‘mitaga ko‘ra, o‘tgan 2 oy mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar quyidagicha:
Rossiya – 9,1 mln;
Xitoy – 1,8 mln;
Qozog‘iston – 1,7 mln;
Yaponiya – 1,2 mln;
Germaniya – 1,1 mln;
AQSh – 1,0 mln;
Litva – 935,7 ming;
Koreya – 203,2 ming dollar.
Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston 2020 yilda xorijdan 475,1 mln AQSh dollari qiymatida yengil avtomobillar import qilgan.
Bundan oldin, O‘zbekistonga sement importi keskin oshgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:39 / 09.07.2026
“30 yoshdan oshgan” mashinalar egalaridan ekologik kompensatsiya undirish g‘oyasidan voz kechildi
10:25 / 06.07.2026
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
10:55 / 04.07.2026