Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy koronavirusning AQShdagi laboratoriyadan chiqib ketgan bo‘lishi mumkinligini o‘rganishga chaqirdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning AQShdagi harbiy laboratoriyadan chiqib ketgan bo‘lishi mumkinligini o‘rganishi lozim. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin aytib o‘tdi.
“JSST ekspertlari guruhi virusning laboratoriyadagi hodisa oqibatida tashqariga chiqib ketgan bo‘lishi mumkinligiga to‘xtalib, zarurat bo‘lsa butun dunyodagi laboratoriyalarni tekshirib chiqishini aytdi. Sizga ma'lumki, Uhandagi laboratoriyalarda bunday tadqiqot o‘tkazildi. Biroq Fort-Detrik (AQShdagi harbiy laboratoriya) qachon ekspertlar uchun ochiladi?”, deb savol bilan yuzlangan Xitoy vakili OAV vakillari bilan uchrashuvda.
Uning ta'kidlashicha, OAVda Fort-Detrik laboratoriyasi haqida biror-bir ma'lumot yo‘q.
“U haqida 2019 yil iyunda yangiliklar bo‘lgandi, biroq undan keyin so‘z ochilmagan”, deb aytgan xitoylik diplomat.
Chuninning aytishicha, Xitoy hukumati JSSTning koronavirusning kelib chiqishini o‘rganayotgan mutaxassislari bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor.
“Bu tergov emas, ilmiy tadqiqot. U global xarakterga ega bo‘lishi va dunyoning bir mintaqasi bilan cheklanib qolmasligi lozim”, deb qo‘shimcha qilgan Xitoy vakili.
Ta'kidlanishicha, AQShning Merilend shtatidagi Fort-Detrik laboratoriyasida AQSh quruqlikdagi qo‘shinlarining ilmiy-tadqiqot instituti joylashgan. Ushbu institut Pentagonga bo‘ysunadi va biotibbiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi.
30 mart kuni JSST koronavirusning kelib chiqishini aniqlash maqsadida Uhanga amalga oshirgan safari natijalari bo‘yicha ma'ruza taqdim etdi. Unga ko‘ra, JSST mutaxassislari koronavirus sun'iy yo‘l bilan yaratilgani haqidagi versiyani deyarli rad etishdi. Bu orada AQSh va yana 14 davlat JSSTning bu ma'ruzasidan xavotir bildirgan. Ushbu davlatlar JSST ma'lumotlarni to‘liq bermaganligini aytib, vaziyatni batafsil tahlil qilishga chaqirgan.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026