Andijonda hindistonlik shifokorlar ishlovchi klinika ochamiz - Shuhrat Abdurahmonov
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1 aprel kuni aholi salomatligini saqlash va koronavirusga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Kengaytirilgan yig‘ilishda barcha vazirlar, qo‘mitalar, viloyatlar hokimliklari ishtirok etdi. Tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham so‘z oldi.
«Majburiy tibbiy ko‘rikni tashkil qilishni yo‘lga qo‘ydik va 200 mingdan ortiq odamni ko‘rikdan o‘tkazdik. Ko‘pchilik o‘zini sog‘lom deb o‘ylab yurgan odamlar ham nimalarga e'tibor berishlari lozimligini anglab yetishdi.
Oxirgi paytlarda xorijga operatsiyalar uchun ko‘pchilik ketayotganini hisobga olib, Bo‘ston tumanidagi bitta kollej binosini ajratdik va zamonaviy klinika ochyapmiz. Unda yuz foiz hindistonlik shifokorlar ish boshlaydi va asta-sekin o‘zimizning mutaxassislar ham o‘rganishadi. U yerda eng murakkab kasalliklar davolanadi.
Yana bir jiddiy masala – yurakka stent qo‘yish operatsiyalari uchun Andijon xalqi Toshkentga borardi. Hozir bu amaliyotni viloyatimizda ham yo‘lga qo‘ydik. Andijon tibbiyot institutida faoliyat olib borayotgan 132 nafar professorlarimizni hududlarga biriktirdik. Asosiy e'tiborni kasalliklarning oldini olishga qaratilyapti.
Bugungi bo‘layotgan mavzuni tibbiyotning temir daftari deb atasak bo‘ladi», deya Andijon viloyati hokimining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Prezident viloyatdagi yuqori kurs talabalarini amaliyotga jalb etish kerakligini qo‘shimcha qildi.
«Albatta, bu juda jiddiy muammo. Qog‘ozda juda zo‘r, lekin uyma-uy yursak odamlar noroziligini anglaymiz. Men qaysi viloyatga borsam darrov hamma uylarga kirib qoladi.
Bunaqada tartib bo‘ladimi? Xalqimiz rozi bo‘ladimi? Bechora odamlarimiz kasal bo‘lsa malakali yordam ololmayapti. Andijon tibbiyot instituti yuqori kurs talabalarini amaliyotga kengroq jalb qilishimiz kerak», – dedi prezident.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
O‘zbekiston | 13:59
-
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti
Jahon | 13:55
-
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi
Jahon | 13:33
-
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi
Jahon | 13:32
Mavzuga oid

17:29 / 14.04.2025
“Bemor 12 soat qarovsiz qolgan” – telejurnalist Ramina Yagafarova o‘limi bo‘yicha ikki shifokor jinoiy jazoga tortildi

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025