15:57 / 01.04.2021
9410

Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi

Eng ko‘p kasallik yuqtirish holatlari Braziliyada qayd etildi – 89200ta holat.

Foto: DPA

O‘tgan sutkada butun dunyoda 640 203ta koronavirus yuqtirish holati aniqlandi. Worldometers portali ana shunday ma'lumot bermoqda. Bu yanvardan buyon qayd etilgan rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Eng ko‘p kasallik yuqtirish holatlari Braziliyada qayd etildi – 89200ta holat.

Keyingi o‘rinlarda Hindiston (72182) va AQSh (68756) turibdi.

Fransiyada ham xavotirli vaziyat kuzatilmoqda – bu yerda 41907ta yangi holat aniqlangan.

Avvalroq Yevropada koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlangani ma'lum qilingandi. Kasallik tarqalishi avj olishiga virusning yangi mutatsiyalari va aholini emlash kampaniyasi sust ketayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top